Qozog‘iston chegarada nazorat choralarini kuchaytirdi, sabab...

Qozog‘iston chegarada nazorat choralarini kuchaytirdi, sabab...

Qozog‘iston chegarasida, jumladan, aeroportlarda ham maymunchechak tufayli nazorat choralari kuchaytirildi. Kasallik qayd etilgan mamlakatlardan kelayotgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, bugungi kunga qadar Qozog‘istonda birorta ham maymunchechakdan kasallanish holati kuzatilmagan. Shunga qaramay, mamlakatning sanitariya-karantin punktlarida ko‘rilgan chora-tadbirlar kasallikning kirib kelish xavfini kamaytiradi.

Qozog‘istonliklardan quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda:

  • kasal odamlar va yovvoyi hayvonlar bilan aloqadan saqlanish;
  • hayvonlar yoki ularning mahsulotlari bilan kontaktga kirishganda himoya kiyimlari va qo‘lqoplardan foydalanish;
  • qo‘llarni muntazam ravishda yuvish va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish.

Shuningdek, kasallanish holatlari qayd etilgan mamlakatlarga zarur bo‘lmasa bormaslik tavsiya etiladi. Toshma, yuqori harorat va boshqa belgilar paydo bo‘lsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!