Qoyil! Habib nega Getjiga qarshi aynan "uchburchak" bo‘g‘ish usulini qo‘llagani ma’lum bo‘ldi

Qoyil! Habib nega Getjiga qarshi aynan "uchburchak" bo‘g‘ish usulini qo‘llagani ma’lum bo‘ldi

Amerikalik MMA jangchisi Daniel Kormye Jastin Getyji bilan so‘nggi jangidan keyin rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov bilan suhbatlashgani haqida gapirdi. 

Unga ko‘ra, 32 yoshli Nurmagomedov tomoshabinlar orasida Jastinning ota-onasi turganligi tufayli unga ozor berishni istamagan. Habib tirsagini ishlatmoqchi bo‘lgan, ammo Jastin bu usulga bardosh berishi va azob cheksa-da, taslim bo‘lmasligini bilgan. Shu bois Nurmagomedov jang paytida fikrini o‘zgartirgan va "uchburchak" bo‘g‘ish texnikasini qo‘llagan.

Mazkur jangdan so‘ng Nurmagomedov g‘alabalar sonini 29 taga yetkazdi. 

Nurmagomedov eng yaxshi jangchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinni yarim og‘ir vazn toifasida sobiq chempion, amerikalik Jon Jons egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!