Qoyil! Bozorlarda niqob taqmaganlarga hech narsa sotilmayapti

Qoyil! Bozorlarda niqob taqmaganlarga hech narsa sotilmayapti

Ayni damda O‘zbekiston hududida karantin qoidalari kuchaytirilgan, niqobsiz yurish taqiqlangan.

Ammo shunga qaramay joylarda niqobsiz yurganlarni hamon uchratish mumkin.

Buni qarangki, ayrim bozorlarda jamoatchilik nazorati kuchaytirilibdi, ya’ni o‘zimiz guvoh bo‘lgan holat va bizga yetib kelgan xabarlarga ko‘ra, ayrim bozorlarda niqob taqmaganlarga hech narsa sotilmayapti.

Bu juda yaxshi holat. Istardikki, butun O‘zbekiston hududida niqob taqmaganlarga nisbatan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim. Atrofdagilarning hayotini xavf ostiga qo‘yishga hech kimning haqi yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!