Qoraqalpog‘istondagi dala maydonida qorovulning jasadi topildi

Qoraqalpog‘istondagi dala maydonida qorovulning jasadi topildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida 11 fevral kuni Jayhun OFYda joylashgan Aziz zamin fermer xo‘jaligi dala maydonidagi vagonchada yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida vagonchaning 22 kv.m. maydonida ichki qismi, jihozlari yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida yuqoridagi fermer xo‘jaligi qorovuli O.O.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in elektr isitish pechini yoqib nazoratsiz qoldirishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruvni ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!