Qoraqalpog‘istonda kelin sepini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

Qoraqalpog‘istonda kelin sepini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida kelinning sepi erining uyidan MIB orqali olib berildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining 2023 yildagi ijro hujjatiga asosan da’vogar M.O.ga javobgar A.X.dan uning yashash manzilida turgan qarib 15 million so‘mlik 46 atamadagi sep mol-mulklarni olib berish belgilangan. Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, ijroni ta’minlash maqsadida MIB xodimlari tomonidan javobgarning yashash manziliga joriy yilning 13 aprel kuni borilib, olib berilishi lozim bo‘lgan qarib 15 million so‘mlik 46 atamadagi sep mol-mulklar da’vogar M.O.ga olib berilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!