Harbiy prokuratura tomonidan olis hududlardagi maktablarda “Men vatanparvarman” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan

Harbiy prokuratura tomonidan olis hududlardagi maktablarda “Men vatanparvarman” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan

Qizlarni vatanparvarlik ruhida kamolga yetkazish maqsadida Harbiy prokuratura tomonidan olis hududlardagi maktablarda “Men vatanparvarman” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi axborot xizmati rahbari Sherzod Hayitov ma’lum qildi.

2024 yilning I choragida harbiy xizmatchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish borasida Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda 4000 dan ziyod qonunchilik targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.

Yoshlarni vatanparvarlik, Konstitusiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida “Prokurorlik soati”, “Harbiy qismda bir kun”, “Ochiq eshiklar kuni”, “Harbiy prokuror va yoshlar uchrashuvi”, “Uch avlod uchrashuvi” kabi qator tadbirlar doirasida o‘quvchilar va yoshlarning harbiy qism, muassasa va poligonlarga tashriflari tashkil etilmoqda.

Xususan, harbiy prokuraturaga biriktirilgan olis hududlardagi 515 ta umumta’lim maktablarida, shuningdek, harbiy akademik liseylarda o‘quvchilar ishtirokida hamda harbiy ta’lim muassasalarida kursantlar bilan 500 dan ortiq “Prokurorlik soati” tashkil etilib, qariyb 20 ming nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

Joriy yilning 1-choragida bu borada 412 ta chegaraoldi mahallalar yoshlari bilan 312 ta vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi va ularda 100 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!