Qirg‘izistonda vazir o‘rinbosari koronavirusga chalindi

Qirg‘izistonda vazir o‘rinbosari koronavirusga chalindi

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Sobirjon Abdikarimov pnevmoniyaga, uning o‘rinbosari Nurbolot Usenbayev esa koronavirusga chalingan. Bu haqda bugun, 10 iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining jamoat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aynura Akmatova brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Usenbayevda koronavirus uchun o‘tkazilgan test ijobiy natija bergan. Abdikarimovga esa pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan, uning COVID-19 testi manfiy natija bergan. Ikkalasining ahvoli o‘rtacha ekanligi aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!