Qirg‘izistonda suv toshqinidan besh kishi halok bo‘ldi

Qirg‘izistonda suv toshqinidan besh kishi halok bo‘ldi

O‘sh viloyatining Nookat tumanida 5 kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi bedarak yo‘qoldi, deb yozadi Kabar agentligi.

28 iyun kuni soat 16:10 larda kuchli yomg‘ir tufayli Qulatov tumani Abshir-Ota qishlog‘idagi Sharan-Soy kanalidan suv oqib o‘tdi. Toshqin 7 kishini olib ketdi. Hozirda 5 kishining jasadi topilgan, ikki kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, 2 ta ko‘prik va 10 ta elektr ustunlarini suv olib ketgan, 30 ta uy, hovli va bolalar bog‘chasi suv ostida qolgan.

Hodisa joyida prezidentning O‘sh viloyatidagi vakolatli vakilining birinchi o‘rinbosari, Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘sh viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va yuzga yaqin qutqaruvchilar ishlamoqda.

Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeevning buyrug‘i bilan voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Edelbek Qulmatov boshchiligidagi qo‘shimcha 100 nafar qutqaruvchi jo‘natildi.

O‘sh viloyatining Nookat tumanida favqulodda holat joriy etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!