Qirg‘izistonda shifokorlar oyligi 50 foizga oshiriladi

Qirg‘izistonda shifokorlar oyligi 50 foizga oshiriladi

Qirg‘izistonda sentyabr oyidan shifokorlarning maoshi 50 foizga oshiriladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Mederbek Ismoilovga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Vazir o‘rinbosari 24 iyun kuni Jogorku Keneshning ijtimoiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida bu haqda ma’lumot bergan. U hamshiralarning maoshi 20 foizga, past lavozimli tibbiyot xodimlarining maoshi esa 10 foizga oshishini aytgan. Ismoilov bu masala allaqachon hal bo‘lganini ta’kidlagan.

“Ular menga takliflar berdi. Qisqa muddatli chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi prezident farmoni tayyorlanmoqda. 1 iyuldan ayrim toifadagi shifokorlar uchun 20 ming somdan (salkam 3 million so‘m) qo‘shimcha to‘lov beriladi”, — dedi u.

Aprel holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda shifokorlarning o‘rtacha oylik maoshi 2023 yil 23,5 ming somni (3,4 million so‘m) tashkil qilgan.

  • O‘rta toifali shifokorlar 19,1 ming som (2 mln 700 so‘mdan ziyod);
  • Past toifali shifokorlar 13,6 ming som (1 mln 900 so‘mdan ortiq) maosh oladi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!