Qirg‘izistonda COVID-19 qurbonlari soni 20 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda COVID-19 qurbonlari soni 20 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallangan yana uch kishi vafot etdi. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 qurbonlari soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, «Kloop.kg» xabar berdi.

3 iyun holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda yana 26 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan:

  • Bishkek — 16;
  • Norin viloyati — 7;
  • O‘sh viloyati — 1;
  • Jalolobod viloyati — 1;
  • Botken viloyati — 1.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 1871 kishiga yetgan, hozirga qadar 1265 bemor sog‘aygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!