Qirg‘iziston mudofaa vaziri: "Tojikiston bilan mojaroni hal qilish uchun chegaraga KXSHT qo‘shinlarini joylashtirish kerak"

Qirg‘iziston mudofaa vaziri: "Tojikiston bilan mojaroni hal qilish uchun chegaraga KXSHT qo‘shinlarini joylashtirish kerak"

Qirg‘iziston – Tojikiston chegarasidagi vaziyatni tartibga solish uchun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish kerak, deb hisoblaydi Qirg‘iziston mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda.

Uning fikricha, tomonlar o‘rtasida tinchlikka erishish uchun boshqa variant yo‘q.

“Oramizga hakam kelmaguncha tinchlik bo‘lmaydi. Men bahsli hududlarimizda KXSHTning kichik kontingentini tashkil etishni taklif qildim, bu mojaroni hal qilish uchun bir qancha muammolarni – o‘t ochishni to‘xtatish rejimini nazorat qilish va davlat chegarasidan og‘ir texnikani olib chiqishni hal qiladi”, — dedi Bekbolotov KXSHT Bosh kotibi bilan uchrashuvda.

Shundan keyingina Qirg‘iziston mudofaa vazirligi rahbari aytganidek, chegaralarni demarkasiya qilish mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!