Qayta tayyorlash lagerlari qonuniylashtirildi

Qayta tayyorlash lagerlari qonuniylashtirildi

Shinjon hukumati seshanba kuni “Kasbiy mahorat ta’limi markazlari” haqidagi qonunni qayta ko‘rib chiqib, uni “ekstremizmga qarshi mafkuraviy ta’limni amalga oshirish”, deya o‘zgartirgan.

Huquqni himoya qilish tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Xitoy hukumati yuz minglab uyg‘urlarni ushbu markazlarda vatanparvarlik va mamlakatga nisbatan sadoqat tuyg‘ularini oshirish maqsadida ushlab turganini ma’lum qilgan.

Shu yilning 29 avgust kuni BMTning Irqiy Kamsitishni Bartaraf etish bo‘yicha Qo‘mitasi uyg‘urlar va boshqa musulmonlar uzoq vaqt davomida terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash bahonasida qiynoqqa solinayotgani haqida aytib o‘tgan edi.

Ammo Xitoy hukumati bu kabi ma’lumotlarni inkor etib, “qamoqqa olishda hech qanday diniy yoki irqiy muammolar hisobga olinmagan”, deya fikr bildirgan.

“Uyg‘urlar Shinjon fuqarolari bilan teng huquq va erkinliklarga ega“, deydi Xitoyning Birlashgan Front Markaziy Qo‘mitasi matbuot kotibi Hu Lyan.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!