Qatar, Misr va AQSh Isroil va HAMASni muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi

Qatar, Misr va AQSh Isroil va HAMASni muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi

Qatar, Misr va AQSh rasmiylari Isroil va falastinlik HAMASni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va o‘tgan yilning 7 oktyabridagi hujum chog‘ida asirga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi, deb yozadi BBC.

“Biz tomonlarni Doha yoki Qohirada bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralarni zudlik bilan qayta boshlashga va kechiktirmasdan kelishuvni amalga oshirishga kirishishga chaqirdik”, — deyiladi qo‘shma bayonotda.

Muzokaralarning qayta boshlanishi mintaqadagi taranglikni yumshatish va o‘tgan hafta XAMAS yetakchisi Ismoil Xoniyaning o‘limi ortidan yuzaga kelgan taranglikni tugatishga urinishdir.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken shu hafta Eron va Isroilni Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada avj olishdan qochishga chaqirdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi Isroil delegasiyasi muzokaralar uchun 15 avgust kuni jo‘nab ketishini ma’lum qildi.

XAMAS vakillari hozircha izoh berishmagan. Yaqin Sharq va Amerika vositachilari Xoniya o‘limidan keyin tinchlik kelishuviga erishish oson bo‘lmasligini tan oldi.

Siz qaysi domendagi internet magazinlaridan ko‘proq foydalanasiz?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!