Qashqadaryoning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyevning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyevning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hokimi Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

"Zarafshon" nashrining yozishicha, Zarbdor tumaniga 2013 yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlab kelgan Ro‘ziyev Zafar Sharopovich tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olingani va uning o‘rniga shu paytgacha Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumaniga rahbarlik qilib kelgan Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingandi.

O‘z navbatida Sharof Rashidov tumaniga Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Xolbo‘tayev Mahmud Parsamatovich tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!