Qashqadaryolik fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kuyish jarohatini oldi

Qashqadaryolik fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kuyish jarohatini oldi

Shu yilning 3 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi D.E. uyi tandirxonasidagi o‘choqqa o‘t yoqqan vaqtida, u yerdagi yelim idishdagi gaz kondensati olov ta’sirida alangalangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, D.E. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!