Qashqadaryolik ayolning umriga zomin bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Qashqadaryolik ayolning umriga zomin bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Saytimiz orqali 2019 yil 18 avgust kuni soat 15:05larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” yo‘lida haydab ketayotib, piyoda Kitob tumanida yashovchi 34 yoshli U.M. ismli ayolni urib yuborib voqea joyidan qochib ketganini va ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilganligi haqida xabar bergan edik. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay piyoda ayol 20 avgust kuni vafot etgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar va fuqarolarimiz bergan ma’lumotlarinatijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Kitob tumani Soxil ko‘chasida yashovchi 33 yoshli R.T. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!