Qashqadaryolik "Ahmadboy" 231 nafar fuqaroning 13,7 mlrd so‘m pulini o‘zlashtirdi

Qashqadaryolik "Ahmadboy" 231 nafar fuqaroning 13,7 mlrd so‘m pulini o‘zlashtirdi

Qashqadaryo viloyatida SH.A. ismli fuqaro va uning sheriklari moliyaviy piramida tashkil qilib, 231 nafar fuqaroning 13 milliard 700 million so‘m pulini o‘zlashtirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

«Xususan, fuqaro SH.A. va uning jinoiy sheriklari o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, muayyan pul mablag‘iga ega bo‘lgan sodda mijozlarni topib, yuridik manzilga ega bo‘lmagan Nasdaq Unique Finance nomli xorijiy kompaniyaga 1000 dollar sarmoya kiritib, mashhur kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish orqali oyiga 6 foizdan daromad olishlariga ishontirishib, 231 nafar fuqaroning 13,7 milliard so‘m pulni o‘zlashtirgani fosh etildi. Sudda ushbu shaxslarning jinoiy qilmishlari ko‘rib chiqilib, aybdorlarga qonunda belgilangan jazo choralari qo‘llanildi», — deyiladi viloyat prokuraturasi tarqatgan xabarda.

«Daryo» manbasining qo‘shimcha qilishicha, moliyaviy piramida tashkil qilgan Sh.A, T.R.lar 10 yildan, M.R va U.H.lar esa 8 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat bo‘yicha 2020 yil sentyabr oyida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!