Me’yoridan ortiq qoraytirilgan oynalar uchun javobgarlik yo‘q

Me’yoridan ortiq qoraytirilgan oynalar uchun javobgarlik yo‘q

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126- moddasida "texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno", deb belgilangan.

Ushbu moddada advokat Abdumalikovichning aytishicha , me’yoridan ortiq qorayib ketgan oynalar haqida gap so‘z bormaydi.

Demak, agar "tonirovka"ga ruxsatnoma bo‘lsa-yu, biroq undagi qoraytirilgan foizi ortib ketgan bo‘lsa, buning uchun MJtK 126-moddasi bo‘yicha jarima qo‘llash mumkin emas.

Bunday holatlarda inspektor eng ko‘pi bilan plyonkalarni shilib tashlashni talab qilishi mumkin xolos,- deydi Kusherbayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!