Osiyo kubogi, futzal. O‘zbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Eronga mag‘lub bo‘ldi

Osiyo kubogi, futzal. O‘zbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Eronga mag‘lub bo‘ldi

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron bahsi bo‘lib o‘tdi.

Asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etildi va penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Vakillarimizdan gollarga Sunnatulla Jo‘rayev va Abror Ahmetzyanov (dubl) mualliflik qildi. Seriyada esa hamyurtlarimiz 4:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Xose Venansio shogirdlari uchinchi o‘rin uchun bahsda Tojikistonga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!