Qashqadaryoda o‘g‘ri ayollar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda o‘g‘ri ayollar qo‘lga olindi

28 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda "Kun" nashri xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi S.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 25 iyul kuni noma’lum shaxslar “Ko‘ktosh Baraka” MCHJ buyum bozori hududida u tomondan qarovsiz qoldirilgan ichida 3 000 AQSh dollari va umumiy qiymati 116 mln 348 ming so‘mlik zargarlik buyumlari bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlab ketganliklarini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni yashash va ishlash joyini tayini bo‘lmaganlar ayollar M.A. va Z.B., Surxondaryo viloyatida yashovchi ayollar YU.X. va D.R. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!