Qashqadaryoda koronavirusdan vafot etgan bemorga qaragan shifokorlar og‘ir ahvolda qolgan (VIDEO)

Qashqadaryoda koronavirusdan vafot etgan bemorga qaragan shifokorlar og‘ir ahvolda qolgan (VIDEO)

G‘uzor tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi va jonlantirish bo‘limida ishlovchi bir guruh tibbiyot xodimlari tomonidan «Nasafnews»ga murojaat kelib tushdi.

Videomurojaat yo‘llagan tibbiyot xodimlari karantinda saqlanayotganlarga yaratilgan sharoitlar qoniqarsiz ekani haqida hikoya qilishadi. «Nasafnews» muxbiri bilan suhbatlashgan shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda 20 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari virus o‘chog‘ida qolishgan.

– 28 iyun kuni 64 yoshli S.H.ni  tez tibbiy yordam bo‘limiga og‘ir ahvolda olib kelishdi. Koronavirus alomatlari bor bemorni nega yuqumli kasalliklar shifoxonasi emas, aynan bizning bo‘limga olib kelishganiga hayronmiz. Shundan so‘ng, bemor vafot etdi. Vafot etgandan so‘ng ham uning murdasini hech kim bo‘limdan olib chiqmadi. Hamma tibbiyot xodimlari hattoki ma’muriyat o‘zini olib qochdi. Murda 15 soat shifoxonaning ichida turdi. Hamshiralar bilan bir amallab o‘zimiz bemorni olib chiqdik, - deydi reanematolog shifokor (shifokor o‘z ismini sir qolishini aytdi).

– Bizning ahvolimiz bilan hech kimning ishi yo‘q. Hammani karantin deb tiqib tashlashdi. Eng yomoni qo‘l yuvishga ham sharoit yo‘q. Hovuzdan suv olishga ham qo‘rqib qolganmiz. Tibbiy niqob, qo‘lqop, birlamchi dori vositalari yetishmaydi. O‘zimiz virus o‘chog‘ida turibmiz. Ammo sharoit bo‘lmasa, qanday virusdan himoyalanamiz, – deydi shifokorlardan biri.


Qashqadaryoda koronavirusdan vafot etgan bemorga qaragan shifokorlar og‘ir ahvolda qolgan (VIDEO)Qashqadaryoda koronavirusdan vafot etgan bemorga qaragan shifokorlar og‘ir ahvolda qolgan (VIDEO)Qashqadaryoda koronavirusdan vafot etgan bemorga qaragan shifokorlar og‘ir ahvolda qolgan (VIDEO)Qashqadaryoda koronavirusdan vafot etgan bemorga qaragan shifokorlar og‘ir ahvolda qolgan (VIDEO)

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, marhumning akasi va turmush o‘rtog‘iga ham koronavirus yuqqanining ehtimoli yuqori. Hozirda ular bo‘limdan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.

Biz mazkur holat bo‘yicha hamma narsani yashirayotgan va holat bo‘yicha aniq axborot bermay turgan Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan emas, Sog‘liqni saqlash vazirligidan aniq izoh kutamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!