Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mo‘ljallanmoqda.

Muhokama uchun e’lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ–2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritiladi:

66-1-moddasining (Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish) birinchi qismida:

“109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish)” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

“140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “140-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

109-modda (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) chiqarib tashlanadi;

140-moddasining (Haqorat qilish) birinchi qismi (Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa) chiqarib tashlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!