Qarzdorlik evaziga “SPARK” avtomashinasi xatlandi

Qarzdorlik evaziga “SPARK” avtomashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 7-sonli notarial idorasining qarzdor S.M.dan undiruvchi “CLEVER MIKROKREDIT TASHKILOTI” MCHJ foydasiga 23 115 540 so‘m qarz undirish va undiruvni “SPARK” rusumli avtomashinaga qaratish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro hujjati talabini o‘z muddatida bajarishi haqida qarzdor ogohlantirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.

Joriy yilning 16 aprel kuni qarzdordan 5 000 000 so‘m pul mablag‘lari undirilib, jamiyatning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Biroq, belgilangan muddatlarda qarzdor tomonidan qolgan pul mablag‘lari kredit tashkilotiga o‘tkazilmaganligi sababli, Byuro xodimlari tomonidan “SPARK” rusumli avtomashina joriy yilning 19 iyun kuni xatlanib, jarima maydoniga tortib qo‘yilgan.

Hozirda xatlangan avtotransport vositasi realizasiya qilinib, kredit qarzi uchun yo‘naltirish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!