Qarshida tadbirkorning 5 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan shirkat rahbari va uning nazoratchisi qo‘lga olindi

Qarshida tadbirkorning 5 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan shirkat rahbari va uning nazoratchisi qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIVning viloyat boshqarmalari bilan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, “P.K.” MCHJ shirkati rahbari J.R. shirkat hududidagi 11 ta ko‘p qavatli uylarga kommunal xizmat ko‘rsatish huquqini “YA.O.” MCHJga o‘tkazib berishni 5 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 4 500 AQSh dollarini nazoratchisi M.A. orqali olib, M.A. ushbu 4 500 AQSh dollarlarini noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanuvchi I.R.dan 50,1 mln so‘mga ayirboshlab olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!