Qandolatchilik sohasidagi tadbirkorlar va eksportyorlar muammo va takliflari tinglandi

Qandolatchilik sohasidagi tadbirkorlar va eksportyorlar muammo va takliflari tinglandi

Savdo-sanoat palatasida qandolatchilik, qishloq xo‘jaligi, mahalliy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nodir Musamuhamedov, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida bugungi kunda qandolatchilik sohasidagi tadbirkorlarda xom ashyo va tayyor mahsulotlar importida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni huquqiy jihatdan bartaraf qilish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, eksportyor korxonalarga amaliy yordam berish maqsadida ularning muammo va takliflari tinglandi.

Uchrashuv yakunida amaliyotdagi mavjud muammolar va ularga taklif etilayotgan yechimlar umumlashtirilgan holda, ko‘rib chiqish uchun Hukumatga va tegishli idoralarga yuborilishi yuzasidan kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!