"Qamchiq" dovonida ikkita falokat sodir bo‘ldi

"Qamchiq" dovonida ikkita falokat sodir bo‘ldi

Kuni kecha “Qamchiq” dovonida 30 daqiqa oralig‘ida ikkita baxtsiz hodisa yuz berdi. Ikkala holatda ham mashinalar xandaqqa tushib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan haydovchilarga yordam berish uchun yetib kelgan. Quvonarlisi, har ikkala holatda ham qurbonlar aniqlanmadi.

Mazkur videoning ikkinchi qismida "Qamchiq" dovonida bugun, 24 fevral kuni tongda sodir bo‘lgan vaziyat aks etgan. Unda tegishli xizmatlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning guvohi bo‘lishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!