Putin yangi qonunni imzoladi: Endi Rossiyada sobiq prezidentlarga umrbod senator bo‘lish huquqini beriladi

Putin yangi qonunni imzoladi: Endi Rossiyada sobiq prezidentlarga umrbod senator bo‘lish huquqini beriladi

22 dekabr seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi qonunni imzoladi. Ushbu qonunga ko‘ra, endilikda Rossiya prezidenti lavozimidan bo‘shagan shaxslar umrbod Rossiya parlamentining yuqori palatasi a’zosi bo‘lish huquqiga ega bo‘ldi.

Bu yil Putin tashabbusi bilan Rossiya siyosiy tizimida juda katta o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Masalan, yozda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumidan keyin Putinga yana ikki marta prezidentlik saylovida qatnashish imkoniyati berildi. Aslida, Putinning prezidentlik muddati 2024 yilda tugab,  u shundan keyin savlovlarda qatnasha olmasdi. Rossiya konstitusiyasiga kiritilgan yangi o‘zgarishlarga binoan endi Putin 2024 va 2030 yilgi saylovlarda o‘z nomzodini prezidentlikka ilgari surish mumkin.

Shuningdek, 22 dekabrda qabul qilingan qonun Rossiya prezidentlariga mamlakatning yuqori palatasi – Federasiya Kengashiga 30 nafargacha senatorni tayinlash huquqini ham beradi.

Hali ham imzolanmagan,  ammo parlamentning quyi palatasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan boshqa qonunlarda Rossiya sobiq prezidentlariga nafaqat prezidentlik davrida, balki, umr bo‘yi sodir etgan har qanday huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortilmaslik imkoniyatini ham beradi.

Rossiyadagi ushbu siyosiy islohotlar Putinning o‘z prezidentlik vakolati tugagach nima qilmoqchi ekaniga ishora ham bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!