Putin "WADA"ning qaroriga munosabat bildirdi

Putin "WADA"ning qaroriga munosabat bildirdi

«Normand shakli»dagi muzokaralardan so‘ng, Parijda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qo‘mitasining rossiyalik sportchilarni to‘rt yil muddatga barcha yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatish to‘g‘risidagi qaroriga izoh berdi.

Putin bu qarorni Olimpiya xartiyasiga zid deb atadi, sababi, WADA ijroiya qo‘mitasi tomonidan qo‘llanilgan jazo «jamoaviy xarakterga ega» hamda bu xartiya bilan taqiqlangan. Shunga ko‘ra, Putin Sport arbitraj sudiga WADA qarori bo‘yicha shikoyat bilan chiqishga asos bor, deb hisoblaydi.

«Rossiya Milliy olimpiya qo‘mitasiga hech qanday e’tirozlar yo‘q. Agar unga e’tiroz bo‘lmasa, unda mamlakat o‘z milliy bayrog‘i ostida ishtirok etishi kerak. Olimpiya xartiyasida shunday yozib qo‘yilgan. Bu WADA qarori Olimpiya xartiyasiga zid ekanligini anglatadi. Bizda CAS’ga, sudga shikoyat qilish uchun barcha asoslar bor», - dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, 9 dekabr kuni WADA ijroiya qo‘mitasi Rossiyani to‘rt yilga yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi.

Qayd etilishicha, bularga - Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlari kiradi. Shuningdek, Rossiya Federasiyasi davlat xizmatchilarining xalqaro sport tadbirlariga borishi taqiqlandi.

Xabarda aytilishicha, WADA Rossiya davlat xizmatlari va Rossiya olimpiya qo‘mitasi hamda Rossiya paralimpiya qo‘mitasi rahbariyatiga shunday taqiq joriy etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!