Putin va Aliyev Bokuda prezidentlarning qo‘shma deklarasiyasini imzoladi

Putin va Aliyev Bokuda prezidentlarning qo‘shma deklarasiyasini imzoladi

19 avgust kuni Bokuda Vladimir Putin va Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, uning yakunlariga ko‘ra, yetakchilar qator davlatlararo hujjatlarni imzoladi.

Ozarbayjon matbuotining xabar berishicha, prezidentlar ishtirokida imzolangan hukumatlararo va boshqa hujjatlar almashilgan. Imzolangan oltita hujjat orasida uchta kelishuv va uchta memorandum, shuningdek, qo‘shma bayonot bor.

– Bugun qabul qilingan hujjatlar, jumladan, birinchi navbatda, prezidentlarning qo‘shma deklarasiyasi munosabatlarimiz do‘stlik va ittifoqchilikka asoslanganligini yana bir bor tasdiqlaydi. 2022 yil fevral oyida imzolangan Ittifoqchilik hamkorlik to‘g‘risidagi deklarasiya qoidalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz ittifoqchi, do‘st, yaqin hamkor va qo‘shni sifatida harakat qilmoqda, — dedi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuotga bergan qo‘shma bayonotida.

Qo‘shma bayonotdan tashqari, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida, karantin va o‘simliklarni himoya qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida, sog‘liqni saqlash, tibbiyot ta’limi va fan sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar imzolandi.

Shuningdek, mehnat inspeksiyasi masalalari, iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha, shuningdek, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi va Ozarbayjon eksport va investisiyalarni rag‘batlantirish agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Imzolash marosimi Ozarbayjon prezidentining Zagulba qarorgohida bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!