Putin Ukrainaning “yangi cherkov”idan xavotirda

Putin Ukrainaning “yangi cherkov”idan xavotirda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belgradga tashrifi chog‘ida serb OAV uchun katta intervyu berdi. Kreml rasmiy saytida ham e’lon qilingan mazkur intervyuda davlat rahbari Ukrainadagi cherkovlarda yuzaga kelgan vaziyat hamda qurollanishni nazorat qilish bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida fikr bildirgan.

Ukrainaning yangi cherkovi ga avtokefaliya (boshqaruvda boshqa cherkovlardan mutlaqo mustaqillik) maqomining berilishi pravoslav qonunlarining qo‘pol ravishda buzilishi, dedi Rossiya rahbari o‘z chiqishida.

Putinning qayd etishicha, Kiyev rahbariyati ushbu harakat jiddiy muammolarga olib kelishi haqida o‘ylashni ham istamayapti.

ria.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!