«Propiska masalasi yaqin kelajakda uzil-kesil hal bo‘ladi»

«Propiska masalasi yaqin kelajakda uzil-kesil hal bo‘ladi»

25 yanvar kuni Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan adliya vaziri Ruslanbek Davletov propiska masalasiga to‘xtalib, bu «muammo yaqin orada uzil-kesil hal bo‘lishi»ni ta’kidladi.

«Propiska» pasportdagi kichkinagina shtamp bo‘lsa ham, Prezidentimiz aytganidek, u yillar davomida xalqimizning oyog‘ida kishan bo‘lib keldi. Ohirgi ikki-uch yil ichida «propiska» bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda yengiliklar kuzatish mumkin. Masalan, yaqinda qabul qilingan qonunga asosan, «propiska»siz ishga olingan holatda mavjud ma’muriy javobgarlik olib tashlandi. Avval ish biruvchi jarima to‘lashga majmur bo‘lgan. Eri-xotin birgalikda yashab kelayotganida ham bir yilgacha kutish kerak edi. Bu normalar bekor bo‘ldi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda. Kuni kecha Prezidentimiz juda katta masala sifatida parlamentga, hukumatga xorijiy tajribani e’tiborga olib, shu sohani isloh qilishni aytdilar. Xorijiy tajriba qanaqa? Misol uchun, Yevropa ittifoqini asosiy to‘rtda prinsipi bor. Bu tovar, kapital, xizmatlar va mehnat resurslarini erkin harakatlanuvi. Ya’ni, muammoni yechish erkin kasb tanlash, mehnat bozorini shakllantirish, urbanizasiya jarayonlari bilan bog‘liq. O‘ylaymanki, yaqin kelajakda bu masala uzil-kesil hal bo‘ladi» dedi adliya vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!