Profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi

Profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 10 sentyabr kuni taxminan soat 14:30larda Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektoriga, Shofirkon tumani Chandir mahallasida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro B.B. ismli shaxs o‘zga bir fuqaroning arizasini o‘rganmasdan qoldirib, to‘plangan hujjatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 100 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan B.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!