Prezident yoshlarga murojaat qildi: «Oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang»

Prezident yoshlarga murojaat qildi: «Oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang»

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi «Kongress-holl»da 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali marosimda inson va jamiyat hayotida oilaning muhim o‘rnini e’tirof etdi:
✅ «Keyingi paytda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha samarali ish olib borilmoqda. Buni ajralish yoqasiga kelib qolgan 23 mingga yaqin oila yarashtirilgani, ajrimlar soni 3 mingdan ziyodga kamaygani ham ko‘rsatib turibdi.

📌 Lekin achchiq bir haqiqatni tan olishimiz kerak. Bu raqamlar hamon yuqori bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Albatta, barchamizning istagimiz, tilagimiz bitta: qani edi, yurtimizda ajrim degan noxush holatning o‘zi bo‘lmasa, oilalar parokanda, bolalar tirik yetim bo‘lib, sarson-sargardon bo‘lmasa...

Men bir fikrni qayta-qayta aytishdan charchamayman. Oila — bu mehr va baxt qo‘rg‘oni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor. Oilaviy baxt — eng ulug‘ saodatdir.

❗️Men yigit-qizlarimizga murojaat qilib aytmoqchiman: turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang. Bu masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Men bu borada ko‘pni ko‘rgan mahalla faollari, muhtaram kayvonilar, ma’naviyatimiz va dinimiz fidoyilari, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb ishonaman».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!