Prezident Nursulton Nazarboyev bilan qanday tanishganini aytib berdi

Prezident Nursulton Nazarboyev bilan qanday tanishganini aytib berdi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning  Egemen Qazaqstan gazetasida Yelbasi Nursulton Nazarboyevga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi.

«Prezidentni birinchi marta ko‘rganimdan beri 35 yil o‘tdi. Nursulton Nazarboyev 1985 yil sentyabr oyida Qozog‘iston SSR Vazirlar Kengashi raisi sifatida Xitoyga keldi. O‘sha paytda men elchixonada ishlardim. O‘shanda Hukumat rahbarining xitoyliklar bilan muzokaralarda uning katta bilimga egaligi, jasur fikrlari, so‘zlarining izchilligi hammamizni juda xursand qilgandi. Ikki yarim soat davom etgan norasmiy suhbatdan so‘ng biz elchixona xodimlari bilan uchrashganimizda, men hamkasblarimga qarab: «Biz, ehtimol, Qozog‘istonning bo‘lajak rahbari bilan gaplashdik", - dedim.

Besh yildan keyin Nursulton Nazarboyev hokimiyat tepasiga keldi. Mustaqillik tongida Qozog‘iston Birinchi Prezidentining qarorlaridan biri mening taqdirimni belgilab berdi. Men «Belasu" kitobimda shunday yozdim: «Yuragi keng bu odam mening qobiliyatlarimga ishondi va meni tug‘ilib o‘sgan Qozog‘iston manfaati uchun xizmat qilishimga yo‘l ochdi«.

Qasim-Jomart Toqayevning aytishicha, u Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari bo‘lganida Nursulton Nazarboyev haqida dunyoga taniqli siyosatchilarning maqtov so‘zlarini tez-tez eshitgan.

«Men xalqimiz uchun xursand bo‘ldim. Nursulton Nazarboyev nafaqat mamlakat Prezidenti, balki xalqning ardoqli farzandidir. U oddiy odamlar oilasida tug‘ilgan, qozoq maktabida tahsil olgan va karyerasi davomida temirdek tovlandi. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Alatauning baland cho‘qqilari kabi baland maqsadlarga erishishni orzu qilar edi. Bolaligidan u odamlarga g‘amxo‘rlik qilardi, xalq merosini e’zozlardi, shuning uchun u ziyolilarga yaqin edi. Tashkiliy mahorat va ishtiyoq yosh rahbarni menejmentning eng yuqori pog‘onasiga olib chiqdi», - dedi Qasim-Jomart Toqayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!