Prezident: "Bu mamlakatni nabiralarimiz uchun asrab qolishimiz kerak"

Prezident: "Bu mamlakatni nabiralarimiz uchun asrab qolishimiz kerak"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining Yangi yil murojaatida mamlakat davlatchiligini mustahkamlash lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda MK.ru xabar berdi.

Alohida so‘zlarni u Belarus mustaqilligini qurishga yordam berganlarga qarata aytdi. Ayrim ekspertlar mazkur murojaatda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qaratilgan so‘zlar borligiga e’tibor berdi.

Aleksandr Lukashenko murojaatini an’anaviy oila qadriyatlaridan boshladi hamda bu ajoyib davrda bayramona dasturxon atrofida oila a’zolar va do‘stlar bilan uchrashishini ta’kidladi. U yoshlarni bobosi va buvisini unutmaslikka va dam olish vaqtlarini ular bilan birga o‘tkazishga chaqirdi. Yoshlarga murojaat qilar ekan, Belarus rahbari mamlakatning ularning aql-idroki va energetikasiga ehtiyoji borligini ta’kidladi.

Yodingizda bo‘lsin: hech kim sizni uydagidek sevmaydi va asramaydi , deydi Lukashenko. U o‘zining iliq so‘zlarini mehnatsevar, ziyoli, keksa avlod va Vatan himoyachilariga hamda birinchi suveren va mustaqil davlatni yaratganlar barchaga qaratmoqchiligini aytdi.

Biz davlatchiligimizni halollik va adolat tamoyillari asosida mustahkamlashimiz kerak va bu mamlakatni bolalar va nabiralar uchun saqlab qolishimiz kerak , deya ogohlantirdi Lukashenko.

Prezidentning qayd etishicha, o‘tgan yili ular belarusiyaliklar uchun osoyishtalik osmonni saqlab qolishning uddasidan chiqqan. Lukashenko Belarus xalqi bilan birgalikda barcha to‘siqlarni bartaraf etishi va vatan kelajagini ta’minlay olishiga ishonch bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!