Poytaxt ko‘chalaridan biri uzoq muddatga yopilmoqda

Poytaxt ko‘chalaridan biri uzoq muddatga yopilmoqda

Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida 20 oktyabr soat 00:00 dan 8 noyabr kuniga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga («Panelniy» mavzesi) o‘tish va qaytish (yo‘lning har ikki qatnov qismi) yopiq bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!