Pokistonda yana suv toshqini: qurbonlar soni salkam 200 nafar

Pokistonda yana suv toshqini: qurbonlar soni salkam 200 nafar

Tabiiy ofat oqibatida mamlakat katta talafot ko‘rgan.

Pokistonning Balujiston provinsiyasida kuchli toshqinlar so‘nggi bir necha hafta ichida 186 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Viloyat favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha hafta ichida Belujistonda 85 erkak, 45 ayol va 56 bola yomg‘ir va toshqinlarda halok bo‘lgan, yana 75 kishi jarohat olgan.

Shuningdek, yomg‘ir va toshqinlar 23 mingdan ortiq qoramol va parrandalarni yo‘q qilgan. Bundan tashqari 18 087 uy vayronalar ostida qolgan. Viloyatdagi 16 ta ko‘prik jiddiy zararlangan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab iyul va avgust oylarining bir qismida mavsumiy yomg‘ir va toshqin qurbonlari soni 700 dan oshgan.

2022 yilda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda musson yog‘ingarchiliklari me’yordan 30-40 foizga oshib Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka, Kambodja, Laos, Veytnam, Tailand va Malayziya va boshqa mamlakatlarda toshqinlar va ko‘chkilar qayd etilgan.

Avvalroq mamlakatning eng yirik shahri Karachi suv domida qolishi oqibatida 300 dan ortiq fuqaro qurbon bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!