Pokiston Afg‘onistondan qochqin qabul qilmoqchi emas

Pokiston Afg‘onistondan qochqin qabul qilmoqchi emas

Pokiston hukumatiga ko‘ra, u Afg‘onistondan boshqa qochqin qabul qila olmaydi. Islomobod xalqaro hamjamiyatni bu borada ogohlantirib, notinch qo‘shnisining fuqarolariga yordamni oshirishga undamoqda.

Pokistonda avvaldan afg‘on qochqinlar ko‘p. Ayni damda qariyb 3 million afg‘on u yerda yashaydi. 1980-yillardan beri ikki davlat orasida qochqinlar oqimi tinmaydi.

«Biz yordam berishda davom etamiz, ammo yangilarini qabul qilishga imkonimiz yo‘q. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar Afg‘onistonning o‘zida sharoitni tayyorlashi kerak», – deydi Pokiston rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Moyid Yusuf «Amerika Ovozi» bilan suhbatda.

BMT Qochqinlar idorasi afg‘onlar uchun yangi lagerlar qura boshlashi kerak, deydi rasmiy. Hozirda Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ikki o‘tish punkti bor. Biri Baluchistonning Chaman degan joyida, ikkinchisi esa To‘rxamda, Xaybar Paxtunxava hududida. Orada bir necha savdo postlari ham mavjud. 2640 kilometrlik chegaraning 90 foizga yaqini Pokiston armiyasining bevosita nazoratida hamda ichki ishlar iznida.

Islomobod qochqin degan maqom bilan uning hududiga Afg‘onistondan terrorchilar va man etilgan guruhlarning a’zolari o‘tayotganidan xavotir bildirib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!