Payme daromadlari 18 milliard so‘mni tashkil qilmoqda

Payme daromadlari 18 milliard so‘mni tashkil qilmoqda

Payme chakana to‘lovlar tizimi 2019 yilning III choragida deyarli 1,9 million dollar (hozirgi kursda 18 mlrd. so‘m) daromad olgan. Bu haqda kompaniya aksiyalarining 51 %ini sotib olgan Gruziyaning TBC banki hisobotlariga asoslanib spot.uz xabar bermoqda.

Kompaniya kelgusi yilning 9 oyi mobaynida o‘z daromadlarini 5,1 million dollar (hozirgi kursda 48,5 mlrd. so‘m)ga, 2020 yilda yangi ishga tushiriladigan xizmatlardan olinishi kutilayotgan 2,1 million dollar (hozirgi kursda 20 mlrd. so‘m)ni ham qo‘shib hisoblaganda, yetkazmoqchi.

Hozirda xizmatdan 1,6 million kishi foydalanadi. Bu miqdor 2020 yilning sentyabriga qadar 2,5 millionga oshirilishi rejalashtirilgan. Tranzaksiyalar soni yesa hozirgi 26,7 milliontadan kelgusi yilning yanvar-sentyabr oylarida 45,7 milliontaga yetishi prognoz qilinmoqda.

Ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha TBC Bank Payme tez sur’atlar bilan o‘sayotganligi sababli, ular O‘zbekistondagi sarmoyalaridan qoniqish hosil qilishganini qayd yetdilar (daromad 0,7 million dollarni, foydalanuvchilar soni yesa 1,4 millionni tashkil yetdi).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!