Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ldi

Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ldi

Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist – sharafli unvonini berish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqida RIA Novosti Turkmaniston televideniyesiga asosan xabar qilmoqda.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, Ozodbek Naazarbekovga ushbu sharafli unvon - uning ikki xalq orasida do‘stlikni mustahkamlash, musiqa va qo‘shiq san’atini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va professional ustaligi uchun berilgan.

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda bir necha bor sahnalarga chiqqan edi. Ushbu konsertlarda prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ham bo‘lgan, deyilgan xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning aprel oyida Turkmaniston prezidenti ozarbayjonlik xonanda Polad Byulbyul o‘gliga ham Turkmaniston va Ozarbayjon xalqlari qo‘shnichiligi va musiqa san’atiga qo‘shgan hissasi uchun “Turkmaniston xalq artisti” unvonini taqdim etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!