Ozarbayjon prezidenti muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi
![Ozarbayjon prezidenti muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi Ozarbayjon prezidenti muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi](/photos/news/JDTIWtMEHB0r04W.jpeg)
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev parlamentni tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi, deya xabar beradi TASS.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Milliy Majlisni (mamlakat parlamenti) tarqatib yubordi va 1 sentyabrga muddatidan oldin parlament saylovlarini belgiladi. Davlat rahbarining tegishli farmoyishi o‘z saytida e’lon qilindi.
— Ozarbayjon Respublikasi Konstitusiyasining 98-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 1-bandini hisobga olib, qaror qilaman: oltinchi chaqiriq Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi tarqatib yuborilsin. Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga muddatidan oldin saylovlar 2024 yil 1 sentyabrga belgilansin, - deyiladi hujjatda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)