OTB O‘zbekistonga qo‘shimcha 198 mln dollar ajratishga qaror qildi

OTB O‘zbekistonga qo‘shimcha 198 mln dollar ajratishga qaror qildi

Osiyo taraqqiyot banki 15 iyun kuni O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida meva-sabzavotchilik sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjirini rivojlantirish uchun 198 mln dollar miqdorida kredit taqdim etishni tasdiqladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha fermer-bog‘bonlarning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan:

«Meva-sabzavotchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va meva-sabzavot sohasidagi ishlab chiqarish-sotish zanjiriga jalb qilingan korxonalarning ko‘prog‘i uzoq muddatli moliyalashtirishni olishi mumkin», - deya ta’kidlab o‘tdi Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo mintaqaviy departamenti tabiiy resurslar hamda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta iqtisodchisi Bui Minx Jiap. 

Hozirgi kredit, O‘zbekistonda OTB 2016 yilda boshlagan hamda meva-sabzavotchilikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihaning davomi bo‘ldi. O‘shanda 154 million dollar ajratildi, ularni hukumat banklarga qayta kreditladi, bu ular fermerlar va korxonalarga subkreditlar taqdim etish uchun qilingan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!