Ota farzandlariga aliment sifatida 50 mln. so‘mga yaqin pul va "Gentra" hadya qildi

Ota farzandlariga aliment sifatida 50 mln. so‘mga yaqin pul va "Gentra" hadya qildi

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining qaroriga asosan M.X.dan undiruvchi SH.X. foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati kelib tushdi.

Shunga binoan O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasi bilan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi F.Maqsudov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor ixtiyoriy tarzda farzandlari voyaga yetgunga qadar aliment pullari – 46 mln. 613.952 so‘mni oldindan to‘ladi. Voyaga yetmagan ikki nafar farzandi uchun "Gentra" avtomobilini sovg‘a qildi.

Alimentchi otaning o‘z farzandlarini o‘ylab qilgan hadyalari va oldindan to‘lovi sabab undiruvchi SH.X.ning tilxati asosida mazkur aliment undiruviga oid ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 41-moddasiga ko‘ra tamomlandi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!