Osiyo kubogi, futzal. Yarim finalga yo‘l olgan terma jamoamiz azaliy raqibiga qarshi bahs olib boradi

Osiyo kubogi, futzal. Yarim finalga yo‘l olgan terma jamoamiz azaliy raqibiga qarshi bahs olib boradi

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Vyetnam bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv vakillarimizning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Vyetnam hisobni ochganiga qaramay, hamyurtlarimiz ikkita javob goli urib, g‘alabani ilib ketdi. Dastlab, 34-daqiqada Ropiyevning ajoyib zarbasidan keyin To‘lqinov to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqada Jo‘rayev O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston yarim finalga yo‘l oldi.Vakillarimiz yarim finalda Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!