Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi qurilishlarga Xitoy kompaniyasini jalb qilmoqchi

Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi qurilishlarga Xitoy kompaniyasini jalb qilmoqchi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Country Garden Group xamda Bright Dream Robotics kompaniyalari vise-prezidenti Szyanmin Dju bilan muloqo qildi. Uchrashuv bunyodkorlik va qurilish sohasidagi loyihalarga investisiya kiritish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Szyanmin Dju xolding tomonidan amalga oshirilgan loyihalarga e’tibor qaratib, ularning soni bugungi kunda 700dan ortganligini qayd etdi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistonda va uning poytaxtida keng ko‘lamli binokorlik ishlari bajarilayotganligi haqida ma’lumot berib, bu borada Country Garden Holdings kompaniyasining tajribasidan foydalanish hamda investisiyalarini jalb qilish taklifini bildirdi.

Uchrashuvda Xitoy tomoniga Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlar haqida ma’lumot berildi va bu yo‘nalishdagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalasi muhokama etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!