Olma otada 31 mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Olma otada 31 mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 10 yanvar kuni Qozog‘istonning Olma ota viloyati hududida 31 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Viloyatdan o‘tuvchi Olma ota Qapshag‘oy magistralining 20-km.da yuz bergan yirik YTH natijasida 15 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

15 kishini olib kelishdi, uch nafari shifoxonaga yotqizildi. Ikki nafari travmatologiya bo‘limiga, biri reanimasiyaga yotqizilgan. Qolgan ikki nafar jabrlanuvchida tan jarohati va miya chalqalishi bor , degan Ili tumani shifoxonasi rahbari.

YTHga yo‘lning muzlagani va tuman sabab bo‘lgan. Hozirda magistral yo‘lda harakat tiklangan va u yerda YHX xodimlari nazorati o‘rnatilgan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!