Olimlar qandli diabetni uning ilk alomatlari paydo bo‘lishidan avval aniqlash yo‘lini topdi

Olimlar qandli diabetni uning ilk alomatlari paydo bo‘lishidan avval aniqlash yo‘lini topdi

Shveysariyaning Jeneva universiteti olimlari qandli diabetni kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lishidan avval aniqlash imkonini beruvchi molekulani topdi.

Bilamizki, yallig‘lanish diabet rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Jumladan, oshqozon osti bezining yog‘ga to‘lib qolishi va zararlanishi insulin ishlab chiqaruvchi beta-hujayralar faoliyatini o‘zgartiradi hamda ularning kamroq gormon ishlab chiqarishiga sabab bo‘ladi.

Qisqa qilib aytganda, beta-hujayralar zararlanishi ushbu kasallikning belgisi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotchilar sun’iy intellekt va molekulyar biologiya usullari yordamida tajriba o‘tkazdi.

Natijada minglab molekulalar orasidan aynan oshqozon osti bezi beta hujayralari shikastlanishini eng yaqqol ifodalovchi turi aniqlandi. Bu 1,5-angidroglyusitola (1,5-AGG) molekulasi bo‘lib, tanada uning kamayishi beta-hujayralar tanqisligidan dalolat beradi.

Dastlab jonivorlarda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan tajriba navbatdagi bosqichda odamlarda sinab ko‘rildi. Bu jarayonda qandli diabetga chalingan va sog‘lom insonlarning 1,5-angidroglyusitola miqdori solishtirildi.

— Qandli diabet bilan kasallanganlarda 1,5-AGG darajasi sezilarli miqdorda pasayishiga ishonch hosil qildik, — deydi tadqiqot bosh muallifi Sesiliya Ximenes-Sanches. — Bu xastalikning dastlabki belgilari boshlanishidan oldin ham kuzatilishi qayd etildi.

‼️Ushbu kashfiyot qandli diabet profilaktikasiga doir qulay va arzon usullarni ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Chunki 1,5-AGG darajasini oddiy qon tekshiruvi yordamida osongina aniqlasa bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!