Ofarin: o‘zbek ayoli Shohjahon Jo‘rayev qo‘shig‘iga qoyillatib raqsga tushdi (video)

Ofarin: o‘zbek ayoli Shohjahon Jo‘rayev qo‘shig‘iga qoyillatib raqsga tushdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek ayolining xonanda Shohjahon Jo‘rayevning “Bitta bo‘lsin, zo‘r bo‘lsin” nomli qo‘shig‘iga zavq bilan raqsga tushgani tasvirlangan video tarqaldi.

Videoda ayol kafelarning birida yaqinlari davrasida o‘tkazilayotgan marosimda raqsga tushgan.

Raqs juda ajoyib tarzda, huddi mahoratli raqqosalardek ijro etilgan.

Ayol harakatlari me’yordan oshmagan, madaniyatsizlik ham yo‘q. Shunchaki ayol qo‘shiqqa ichidagi g‘uborlarini chiqarib raqsga tushgan, xolos.

O‘sha bazmda o‘tirganlardan biri qo‘l telefoni orqali videoga olgan va internet orqali tarqatgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!