OAV: cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarda saratonga olib keluvchi sanoqsiz kimyoviy moddalar aniqlandi

OAV: cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarda saratonga olib keluvchi sanoqsiz kimyoviy moddalar aniqlandi

Britaniyaning qator supermarketlarida sotilayotgan va cho‘chqa go‘shtidan tayyorlanadigan hem va bekon kabi mahsulotlarda saraton kasalligiga olib keluvchi sanoqsiz kimyoviy moddalar aniqlandi. Bu haqda Daily Mail shu haqdagi hisobotlarga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ayrim go‘shtlar bakteriyani o‘ldirish va tayyor taom sifatini saqlaydigan, go‘shtlarning pushti ko‘rinishini ta’minlaydigan moddalarga ham ega bo‘lgan. Biroq, ularning hech biri, Britaniya go‘shtni qayta ishlovchilar uyushmasiga taqdim etilgan hisobotda yozilishicha, botulizmni keltirib chiqaruvchi bakteriyaga samarasiz bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, cho‘chqa go‘shtidan ishlab chiqilgan hem va bekon tarkibida, aslida ularda qo‘llanilishi shart bo‘lmagan kimyoviy moddalar aniqlangan.

Ma’lumki, supermarketlar peshtaxtalarida sotilayotgan ko‘plab go‘sht mahsulotlari nitritlarga ega bo‘lib, ular botulizm bakteriyasini yo‘qotishi kerak.

2015 yili Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rganishlar nitrit bilan ishlov berilgan go‘shtlar saratonga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgani haqida e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!