Nyu-Yorkda koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar yana yengillashtirildi

Nyu-Yorkda koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar yana yengillashtirildi

AQShning Nyu-York shtati hokimiyati koronavirusga qarshi cheklovlarni yengillashtirdi va 10 kishigacha bo‘lgan guruhlarga to‘planishga ruxsat berdi.

Avvalroq, hokimiyat fuqarolarga faqat diniy tadbirlarni o‘tkazish uchun 10 kishigacha bo‘lgan guruhlarga to‘planishiga ruxsat bergan edi. Endilikda farmon cheklangan miqdordagi ishtirokchilar bilan har qanday tadbirlarni o‘tkazish uchun kengaytirildi. Shuningdek, ijtimoiy masofani saqlash davom ettirilishi kerakligi ta’kidlandi.

Ayni paytda AQShda 1,6 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!